Deyv Keroll — kanadalik qöşiqçi va bastakor. U 16 yil avval “United Breaks Guitars” (United Airlines gitaralarni sindiradi) nomli qöşiği bilan aviatsiya sohasida şov-şuv kötargandi. Oradan vaqt ötib, Keroll “Don’t fly Wizness class” nomli qöşiq va klip çiqardi. Unda Wizz Air aviakompaniyasi tomonidan 2023 yilda reysga çiqarilmagan Özbekiston fuqarosi Suhrob Ubaydullayev haqida hikoya qilinadi.
Kerollning bu mavzudagi avvalgi qöşiği 16 yil oldinga borib taqaladi. Öşanda “United Airlines” aviakompaniyasi uning 3500 dollar turadigan gitarasini sindirib, tovon tölab bermagan. Şunda Keroll bu haqda qöşiq yozib YouTube’ga çiqargan va kompaniyani şarmanda qilib, uning 180 million dollar zarar körişiga sababçi bölgandi. Kerollning qöşiği jahon aviatsiyasida mijozlar bilan işlaş strategiyasining tubdan özgarişiga olib kelgan.
“Mol aççiği – jon aççiği”: sindirilgan gitara uçun aviakompaniyadan ğaroyib tarzda öç olgan musiqaçi
Suhrob Ubaydullayev esa avvalroq Kun.uz’ga bergan intervyusida “Özbekiston yozuvli pasportim uçun reysga qöyişmadi” deya aytib ötgandi. Voqea 2023 yilning avgustida sodir bölgan. Talaba Work and Travel, ya’ni işlaş va sayohat dasturi uçun Yevropaga borgan. U Özbekistonga qaytişda Rim orqali Abu-Dabiga, Abu-Dabidan esa Samarqandga Wizz Air bilan uçişi kerak bölgan. Rimdagi holat ortidan Suhrobning ikkinçi çiptasi ham kuyib ketgan. Nima qilişini bilmagan talaba qarz olib, Turkiyaga uçgan va Istanbulda bir neça kun boşpanasiz qolib ketgan.
“Özbekiston yozuvli pasportim uçun reysga qöyişmadi” – Wizz Air özbek talabani bortga çiqarmagan
“Qaytiş biletini Italiya orqali olgandim. Uşbu aviakompaniya xodimlari meni diskriminatsiya qilişdi. Italiya hududidan ketayotganimda allaqaçon pasportimga davlatdan çiqqanim haqidagi muhr urilgandi. Aviakompaniya xodimi esa samolyotning eşigi oldida mening qölimdagi pasportni kördi-da, sen Özbekiston fuqarosimisan, deya mendan çetga ötişimni söradi. Şu joyning özida çiptamni bekor qilib yuborişdi va samolyotga mensiz uçib ketaverişini xabar qilişdi. Ular qölimdagi viza, çiptalar, viza va Germaniya bergan hujjatlarning birortasiga qaraşmadi. Faqat pasportimdagi “Özbekiston” yozuvini körib, meni uşlab qolişdi”, — degandi Suhrob Ubaydullayev.













