Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada energiyani tejash bo‘yicha qoidalar kuchga kirdi
Davlat muassasalarida yo‘laklar 19 darajadan yuqori bo‘lmagan tarzda isitilishi yoki umuman isitilmasligi kerak. Xususiy kompaniyalar ofis maydonidagi haroratni tartibga solish uchun ko‘proq huquqlarga ega bo‘lishdi.
Rossiyaning Ukrainadagi urushi tufayli yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida Germaniyada energiyani tejash bo‘yicha yangi qoidalar kuchga kirdi. 1 sentabrdan boshlab davlat muassasalari binolarida katta zal, foye va yo‘laklarni isitish taqiqlanadi, ular isitiladigan joylarda esa havo harorati 19 darajadan oshmasligi kerak. Bu qoida ijtimoiy muassasalarga taalluqli emas.
Xususiy kompaniyalarga xona ichidagi, jumladan, ofislardagi haroratni tartibga solish uchun ko‘proq huquqlar beriladi. Binolar va yodgorliklar endi tunda yoritib qo‘yilmasligi kerak. Soat 22:00 dan 16:00 gacha tashqi reklama yoritgichlari o‘chiriladi, harakat xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno, masalan, temiryo‘l ostidagi yo‘l o‘tkazgichlarda ular yoqiladi.
Yoritish uskunalarini o‘chirish qoidalari do‘kon oynalari va ko‘cha chiroqlariga taalluqli emas. Do‘kon eshiklari xaridorlarni jalb qilish uchun doimo ochiq bo‘lishi shart emas. Xususiy yopiq yoki ochiq suv havzalari gaz yoki elektr energiyasi bilan isitilmasligi kerak. Inqiroz sharoitida energiya sarfini kamaytirish maqsadida o‘tgan hafta qabul qilingan yangi qoidalar fevral oyi oxirigacha amal qiladi.
Mavzuga oid
12:04
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026