Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Bojxona qiymati» interaktiv xizmati joriy etiladi
“Bojxona qiymati” interaktiv xizmatini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
“Bojxona qiymati” interaktiv xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti, “Bojxona qiymati” interaktiv xizmatiga joylashtiriladigan bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari ro‘yxati tasdiqlanadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bojxona qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini nazarda tutuvchi “Bojxona qiymati” interaktiv xizmatini ishlab chiqadi va ishga tushiradi.
Qaror bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga muvofiq interaktiv xizmat Davlat bojxona qo‘mitasi sayti orqali avtomatik tarzda real vaqt rejimida ko‘rsatilishi ta’minlanadi.
Interaktiv xizmat ko‘rsatilishi har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etiladi. Interaktiv xizmatdan foydalanganlik uchun yig‘imlarni elektron tarzda to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Belgilab qo‘yilishicha, “Bojxona qiymati” interaktiv xizmati doirasida axborot real vaqt rejimida taqdim etiladi, “Bojxona qiymati” interaktiv xizmati bazasi ma’lumotlari o‘z vaqtida va to‘liq shakllantirilishi hamda ishonchliligini ta’minlash uchun Bojxona qo‘mitasiga javobgarlik yuklanadi.
Mavzuga oid
13:32 / 21.02.2026
Endi chiqindi xizmatlarida faqat ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov hisoblanadi
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:01 / 07.03.2025
Bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati tashkil qilinadi
13:22 / 03.03.2025