O‘zbekiston | 14:38 / 01.09.2022
7555
3 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda sovitkichli sig‘imlar uyushmasi tashkil etiladi

Prezidentning “Qoraqalpog‘iston sovitkichli sig‘imlar uyushmasi”ni tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. 

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining “Qoraqalpog‘iston sovitkichli sig‘imlar uyushmasi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

“Nukus Dilisha” MChJ, “Qiyat” MChJ, “Klaster Bexruz Jahangir” MChJ korxonalari, Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda sovitkichli omborlarga ega va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasi bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uyushma muassislari hisoblanadi.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uyushmaga ixtiyoriy tarzda shartnoma asosida a’zo bo‘lishi va tarkibidan chiqishi mumkin. Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Quyidagilar uyushma asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • Qoraqalpog‘iston mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda qish-bahor oylaridagi aholi iste’mol ehtiyojlaridan kelib chiqib, asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakllantirish va zarur hollarda bozorlarda realizatsiya qilish;
  • Qoraqalpog‘iston ichki iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ichki iste’mol bozoriga mahsulotlar intervensiyasini amalga oshirish;
  • Qoraqalpog‘iston sovitkichli sig‘imlariga ega tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va qonunchilikda belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish;
  • Qoraqalpog‘iston asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini omborxonalarda saqlash zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha tadbirkorlar malakasini oshirish;
  • Qoraqalpog‘istonda zaxiraga olingan mahsulotlar saqlash, transportda tashish va sotishda tabiiy yo‘qotish belgilangan normalariga muvofiq ishlarni tashkil etish;
  • Qoraqalpog‘iston asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasi uchun kooperatsiya asosida urug‘lik va ko‘chat bilan ta’minlash;
  • Qoraqalpog‘iston aholisi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini doimiy chuqur tahlil qilib borish hamda zarur hollarda tezkor kompleks choralar ko‘rish uchun aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga kiritib borish;
  • Qoraqalpog‘istonda aholi iste’mol va zaxirasidan oshgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hisob-kitoblarga muvofiq eksport qilishga ko‘maklashish;
  • Qoraqalpog‘iston mahalliy hokimiyat va tadbirkorlik sub’yektlari bilan birgalikda hududlardagi mavjud saqlash sig‘imlari va dehqon bozorlari omborlari ro‘yxatini shakllantirish va dislokatsiyasini tuzish.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi uyushma va unga a’zo sub’yektlarga zaxira qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol bozoriga intervensiya qilish uchun har bir tuman oziq-ovqat bozorlarida bepul “bozor rastalari” ajratilishini ta’minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid