Jahon | 18:31 / 02.09.2022
11010
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyaning Myanmadagi sobiq elchisi bir yilga qamaldi

Viki Bouman bilan birga uning eri, Myanma fuqarosi Txeyn Lin ham bir yilga qamaldi. U xotiniga qonun buzishda sherik bo‘lganlikda ayblangan.

Foto: AP

Buyuk Britaniyaning Myanmadagi sobiq elchisi Viki Bouman viza rejimini buzganlikda ayblanib Yangon shahri sudi tomonidan bir yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Myanmar Now portali xabar berdi.

Bouman bilan birga uning eri, Myanma fuqarosi Txeyn Lin ham bir yilga qamaldi. U xotiniga qonun buzishda sherik bo‘lganlikda ayblangan.

Qayd etilishicha, ular Bouman ro‘yxatdan o‘tgan Yangon shahridagi oilaviy uylarida emas, Txeyn Linning Tayland bilan chegara yaqinidagi uyida yashashgani qonun buzilishi deb topilgan.

Ular 2006 yilda Angliyaga ketishgan, 2013 yilda Myanmaga qaytib kelishgan. Bouman bu yerda "Mas’uliyatli biznes markazi" nodavlat tashkilotiga rahbarlik qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid