Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Skolkovo» maktabi hammuassisi, milliarder Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz kechadi
Ruben Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Armaniston fuqarosi sifatida Tog‘li Qorabog‘ga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.
Moskva boshqaruv maktabi - «Skolkovo» hammuassisi, milliarder, tadbirkor Ruben Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Armaniston fuqarosi sifatida Tog‘li Qorabog‘ga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Tadbirkor hayotidagi o‘zgarishlar haqida 1 sentabr, payshanba kuni YouTube’da e’lon qilingan videoda gapirib berdi.
Ruben Vardanyanning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror uning uchun «juda og‘ir» bo‘lgan. Shu bilan birga, investor qanday tavakkalchiliklarni «o‘z zimmasiga olayotgani»dan xabardor ekanini aytdi.
Vardanyan Rossiyadan minnatdor ekanini, chunki u bu mamlakatda o‘zini tadbirkor sifatida ko‘rsatganini aytdi. Tadbirkor shuningdek, so‘nggi paytlarda Tog‘li Qorabog‘ning ko‘plab aholisi ruhsizlik kayfiyatida ekanini, «ular hech kimga kerak emas» deb o‘ylashayotganini ta’kidladi. «Menimcha, buni qabul qilib bo‘lmaydi», dedi u mahalliy aholiga yordam ko‘rsatishga chaqirib.
Ruben Vardanyan Rossiya Federatsiyasidagi aktivlarini sheriklari va oilaviy fond boshqaruviga o‘tkazishga va’da berdi.
2021 yilda Forbes jurnali biznesmenning boyligini 1 milliard dollarga baholadi, investor Rossiyaning 200 ta eng boy odamlari ro‘yxatida 116-o‘rinni egalladi.
1991 yilda u amerikalik Piter Derbi bilan birgalikda «Troyka Dialog» investitsiya kompaniyasini tashkil qilgan. 2019 yil sentabr oyida Anatoliy Chubays tuzilmalari «Romanov Dvor» biznes markazidagi ulushini Vardanyan kompaniyasiga sotdi.
2019 yilda Xalqaro uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani tergov qilish loyihasi (OCCRP) jurnalistlari «Troyka Dialog» ishtirokida yaratilgan «Troyka-prachechnaya» pul yuvish sxemasi haqida gapirib berdi. U poraxo‘r amaldorlar va uyushgan jinoyatchilikka aloqador shaxslarga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va mol-mulkni chet elda yashirish imkonini taqdim etdi, deya ishonch bildirgan surishtiruvchilar.
Mavzuga oid
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:51 / 19.12.2025
Ozarboyjonda Vardanyanga umrbod qamoq jazosi berish talab qilindi
19:15 / 13.03.2025
Qorabog‘ sobiq bosh vaziri Vardanyan ochlikni to‘xtatdi. U 23 kun davom etdi
18:56 / 17.01.2025