Ozarboyjonda 2022 yilda Rossiyadan Toğli Qoraboğga borgan va tan olinmagan respublika boş vaziri bölgan milliarder va xayriyaçi Ruben Vardanyan ustidan sud jarayoni boşlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

2023 yil sentabrida bir kunlik uruş oqibatida Ozarboyjon Qoraboğ ustidan yakuniy nazoratni qölga kiritdi. Mahalliy armanlar - 100 mingdan ortiq kişi öz uyini taşlab, Armanistonga ketdi. 27 sentabr kuni Ruben Vardanyan Loçin yölagida qölga olindi: u boşqa aholi bilan birga Qoraboğni tark etmoqçi bölgan edi. Sudni kutayotgan Vardanyan bir yarim yil qamoqda ötirdi.

Qoraboğga köçişdan ança oldin Ruben Vardanyan Rossiyada maşhur şaxs edi. 1990 yillarda u possovet Rossiyasida birinçi «Troyka.Dialog» investitsiya bankini oçdi va milliarderga aylandi. Keyinçalik bankni «Sberbank»ka sotgandan söng Vardanyan Rossiya va Armanistonda xayriya işlari bilan şuğullandi, «Skolkovo» biznes maktabiga sarmoya kiritdi va Armanistonning Dilijon şahrida öziga xos metodologiyaga ega maktab qurdi.

Şu bilan birga, OCCRP tergovçilari Vardanyanning «Troyka.Dialog» banki offşor kompaniyalarning köplab tarmoğini yaratgani va ular orqali Rossiya elitasining pullarini yaşirin ravişda çet elga çiqarganini aniqladi. Vardanyanning özi «Rostex» rahbari Çemezov bilan bir qişloqda villa qurib, uning pullarini boşqardi.

Unga qöyilgan korrupsiya ayblovlariga javoban milliarder har doim «qonuniy va şaffof» harakat qilganini aytdi.

2022 yilda Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz keçdi va Toğli Qoraboğga jönab ketdi va u yerda hukumat lavozimini egalladi. U kelganidan bir neça oy ötgaç, Qoraboğ Ozarboyjon tomonidan blokadaga tuşib qoldi, bu 2023 yil sentabrigaça davom etdi, söngra bahsli hudud butunlay Boku nazoratiga ötdi.

Ozarboyjon tergovçilari Vardanyanni terrorizmni moliyalaştiriş, noqonuniy qurolli taşkilotlar tuziş va Ozarboyjonga noqonuniy kelganlikda ayblamoqda. Hibsga olinganidan beri siyosatçi boşqa arman mahbuslar qatori Bokudagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Ozarboyjon qamoqxonalarida kamida 23 nafar arman mahbus bor: ulardan sakkiz nafari Vardanyan kabi 2023 yil sentabrida, Ozarboyjon Toğli Qoraboğ ustidan töliq nazorat örnatgan paytda hibsga olingan. Yana 15 nafari harbiy asirlar va tinç aholi vakillari.

Vardanyan ular orasida eng maşhuri, garçi u Qoraboğda atigi tört oy, 2022 yil noyabridan 2023 yil fevrali oxirigaça hokimiyatda bölgan. 17 noyabr kuni nafaqat Vardanyan, balki hibsga olingan yana 15 kişi ustidan ham sud jarayoni boşlanişi rejalaştirilgan.