Sport | 14:40 / 07.09.2022
11759
1 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» Tomas Tuxel iste’fosini e’lon qildi

Chempionlar ligasi 1-turi doirasidagi «Dinamo» Zagreb - «Chelsi» (1:0) o‘yinidan keyin London klubi nemis mutaxassisini iste’foga chiqardi. 

Foto: Getty Images

Germaniyalik murabbiy qo‘l ostidagi jamoa YeChL startini mag‘lubiyat bilan boshlashdan tashqari, APLda ham yaxshi natija ko‘rsata olmayapti – 6 o‘yinda 3 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etib, 6-o‘rinni egallab turibdi.

Tuxel 2021 yilning yanvar oyidan buyon «Chelsi»ni boshqarib kelayotgan edi. U londonliklar boshqaruvida Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JChda g‘olib chiqdi.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» navbatdagi o‘yinini 10 sentabr kuni «Fulhem»ga qarshi o‘tkazadi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid