O‘zbekiston | 09:00 / 08.09.2022
5990
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda er xotiniga jarohat yetkazib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

O‘zaro janjal paytida er xotinini temir bo‘lagi bilan urib jarohat yetkazgan. Oqibatda 4 nafar farzandning onasi shifoxonada vafot etgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 2 sentabr kuni soat 2:00 larda G‘allaorol tumanida sodir bo‘lgan oilaviy janjal uy bekasining o‘limiga sabab bo‘lgan.

G‘allaorol tumani Baxt mahallasida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan shaxs xotini bilan gap talashib janjallashib qolgan.

Janjal paytida er xotinining bosh qismiga armatura bo‘lagi bilan urib unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda ayol tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Avvalroq, Jizzaxda oilaviy janjalda er xotiniga o‘tkir tig‘li buyum bilan jarohat yetkazib, uning o‘limiga sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid