O‘zbekiston | 07:29 / 08.09.2022
8854
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiya-Xitoy-Mo‘g‘uliston sammitiga mezbonlik qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin orada O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston prezidenti bilan uchrashishi, shuningdek, Rossiya, Xitoy va Mo‘g‘uliston rahbarlarining uch tomonlama sammitini o‘tkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Foto: mil.ru

«Tez orada O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston prezidenti bilan uchrashuv rejalashtirilgan, u yerda Xitoy Xalq Respublikasi raisi ishtirokida uch tomonlama sammit ham bo‘ladi», dedi Rossiya prezidenti chorshanba kuni Mo‘g‘uliston bosh vaziri bilan uchrashuvda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15—16 sentabr kunlari Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ShHT sammitida ishtirok etadi. 

Avvalroq, shuningdek, Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Erdo‘g‘an va Vladimir Putin Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti doirasida oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishi mumkinligi xabar qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid