O‘zbekiston | 08:07 / 09.09.2022
7244
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq xizmati to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri e’lon qilindi

Foto: Fotolia

“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha davlat soliq xizmati organlar tizimini isloh etishni davom ettirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish, tadbirkorlik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatish salmog‘ini kengaytirish, xodimlar ish samaradorligini rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi bilan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanmoqda.

Loyiha bilan soliq organlari asosiy vazifalari, soliq nazorati, soliq organlari huquq va majburiyatlari, soliq organlari davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar va banklar bilan hamkorligi, soliq organlari mansabdor shaxslarini tayinlash, soliq organlari mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar berish, soliq organlari mansabdor shaxslari malakasini oshirish va javobgarligi belgilanmoqda.

Bildirilishicha, loyiha qabul qilinishi bilan:

  • soliq organlarida mijozlarga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish usullarini joriy etish, intizomli soliq to‘lovchilar faoliyatiga ko‘maklashish, soliq majburiyatlarini amalga oshirish qulay, tushunarli va og‘ir bo‘lmagan mexanizmlari yaratiladi;
  • soliq ma’muriyatchiligi sifat jihatidan o‘zgartirilishi ta’minlanadi, uning usullari samaradorligini va soliq bazasini qamrab olish darajasi kengayadi;
  • raqobat muhitini rivojlantirish va biznes yuritish uchun teng sharoitlar yaratish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi;
  • soliq organlari faoliyatini va soliq ma’muriyatchiligi mexanizmlarini raqamli transformatsiya qilish hamda yangi axborot mahsulotlarini joriy etish ta’minlanadi.

Mavzuga oid