Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Los-Anjyelesda Emmy mukofotlari topshirildi
HBO telekanalining «Merosxo‘rlar» loyihasi «Eng yaxshi dramatik serial», «Ted Lasso» «Eng yaxshi komediya seriali» deb topildi. «Kalmar o‘yini» filmining bosh rol ijrochisi Li Jong-Jye faoliyatidagi ilk Emmy’ni qo‘lga kiritdi.
Foto: AP
13 sentabr, seshanba kuni Los-Anjyelesda 74-Emmy mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. HBO telekanalining «Merosxo‘rlar» loyihasi «Eng yaxshi dramatik serial», «Ted Lasso» «Eng yaxshi komediya seriali» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Hakamlar hay’ati HBO’ning yana bir loyihasi - «Oq nilufar»ni eng yaxshi mini-serial sifatida tanladi. Koreyalik aktyor Li Jong-Jye «Kalmar o‘yini» Netflix serialidagi bosh roli uchun dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor mukofotini qo‘lga kiritdi. Mukofot uning faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi. «Kalmar o‘yini» dramatik serial uchun eng yaxshi rejissyorlik bo‘yicha ham mukofotni qo‘lga kiritdi.
Zendaya «Eyforiya» loyihasidagi roli uchun dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa deb topildi. Bu aktrisaning ikkinchi haykalchasi. U ushbu serialdagi roli uchun 2020 yilda birinchi mukofotni olgandi.
Julia Garner «Ozark» kriminal serialidagi roli uchun dramatik serialdagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa deb topilgan bo‘lsa, Mettyu Makfediyen esa «Merosxo‘rlar»dagi roli uchun shunday nominatsiyada g‘olib bo‘ldi.
Komediya serialidagi eng yaxshi aktyor deb, avvalgi yildagidek, «Ted Lasso» serialida bosh rolni ijro etgan Jyeyson Sudeykis topildi. Xuddi shu serialdagi roli uchun Brett Goldstin eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor sifatida tan olindi. Serialning o‘zi uchun eng yaxshi rejissyorlik mukofoti berildi.
Hakamlar hay’ati «Eng yaxshi komediya aktrisasi» sifatida «Makkorlik» serialidagi Jin Smartni tanladi, «Ebbott» boshlang‘ich maktabi» loyihasidan Sheril Li Ralf esa ikkinchi plandagi eng yaxshi komediya aktrisasi deb topildi.
Maykl Kiton «Buzish» mini-serialidagi roli uchun eng yaxshi aktyor, Amanda Sayfred «Chiqib ketish» loyihasi uchun eng yaxshi aktrisa deb topildi.
Mavzuga oid
22:43 / 08.10.2025
Los-Anjyelesdagi dahshatli yong‘in ishi bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olindi
12:30 / 03.09.2025
Sud Trampning Los-Anjyelesga qo‘shin kiritganini noqonuniy deb topdi
13:14 / 22.07.2025
Los-Anjyelesdan 700 nafar dengiz piyoda askari olib chiqiladi
15:32 / 12.06.2025