Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari tasdiqlandi
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish uchun arizachi elektron shakldagi ariza hamda unga ilova qilinadigan hujjatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali sertifikatlashtirish organlariga yuboradi.
Sertifikatlashtirish organlari 2 kunda arizani ko‘rib chiqib sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qiladi yoki arizachiga rad etilganligi to‘g‘risida asoslantirilgan xulosa beradi.
Sertifikatlashtirish quyidagi hollarda rad etiladi:
- arizada ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmaganda va (yoki) arizaga ilova qilingan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
- sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan farmatsevtika mahsuloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani aniqlanganda;
- sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan farmatsevtika mahsuloti qalbakilashtirilgani aniqlanganda.
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan boshlab 2 kunda sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun farmatsevtika mahsulotlari saqlanayotgan joyga chiqqan holda namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish ishlari amalga oshiriladi.
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sertifikatlashtirish organi farmatsevtika mahsulotini sertifikatlashtirishda ishtirok etmagan xolis xodimiga taqdim etiladi.
Xolis xodim (texnik qo‘mita) sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni 1 kun ichida ko‘rib chiqadi hamda muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Mavzuga oid
22:20 / 15.01.2026
Navoiyda 5-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
13:32 / 14.01.2026
Xorijiy til o‘qituvchilariga sertifikat olish uchun qo‘shimcha vaqt berilmoqda
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
23:10 / 07.01.2026