Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvanda 7,2 balli zilzila sodir bo‘ldi
Yer silkinishi butun Tayvan oroli hamda Xitoyning Futszyan, Chjetszyan va Guandun provinsiyalarida sezilgan.
Foto: USGS
Tayvanda 7,2 balli zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Xitoy seysmologiya markazi.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 21:41da qayd etilgan. Zilzila markazi Taybey shahridan 220 km uzoqlikda, zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.
Asosiy yer silkinishidan so‘ng yana bir nechta aftershoklar kuzatilgan.
Mahalliy OAVning xabar berishicha, yer silkinishi butun Tayvan oroli hamda Xitoyning Futszyan, Chjetszyan va Guandun provinsiyalarida sezilgan.
Vayrongarchiliklar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Mavzuga oid
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
23:17 / 18.03.2026
“Xitoyning maqsadi – radarlarni sinab ko‘rish” - Hikmatilla Kazakbayev
15:09 / 05.02.2026
Si Jinping Trampga: Tayvanga qurol yetkazib berishda AQSh ehtiyotkor bo‘lishi kerak
01:00 / 26.01.2026