O‘zbekiston | 19:07 / 19.09.2022
19712
2 daqiqa o‘qiladi
«O‘zbekiston temiryo‘llari» raisi qat’iy ogohlantirildi
«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ raisi Husniddin Hosilov 3 oyda o‘z tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Turizm masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda «Toshkent-Samarqand» va «Toshkent-Andijon» yo‘nalishlarida avtomobilda yo‘lovchi tashish vaqti o‘rtacha 1-1,5 soatga ko‘paygani, lekin, temiryo‘l va aviaqatnovlar soni va sifati talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois tegishli mutasaddilarga:
- vodiy viloyatlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlariga har kuni aviareyslarni yo‘lga qo‘yish;
- viloyat markazlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlariga avia va temiryo‘l qatnovlarini 2 baravar ko‘paytirish;
- kamida 500 ta eski tipdagi vagonlarni kelgusi ikki yilda rekonstruksiya qilish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish;
- viloyatlar hududidagi kongres-xoll, saroylar, mehmonxonalar infratuzilmasidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
- shveysariyalik mutaxassislar bilan birga Buxoro, Zomin va Bo‘stonliq turizm kollejlarida mehmonxona boshqaruvi, servis va boshqa yo‘nalishlarda yangi o‘quv dasturlari asosida o‘qitishni boshlash;
- «Ipak yo‘li» turizm universitetida mehmonxona va servis sohasida o‘rta bo‘g‘in xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlab, yiliga kamida 1 ming nafar yoshlarni o‘qitish topshirildi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi H.Hosilov 3 oyda o‘z tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.
Mavzuga oid
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024