O‘zbekiston | 12:03 / 20.09.2022
3103
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjondan Samarqandga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Oktyabr oyidan boshlab Ozarboyjonning AZAL milliy aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Foto: AZAL

Parvozlar haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari tashkil etiladi.

«Ozarboyjon havo yo‘llari» (AZAL) tomonidan «Boku-Toshkent-Boku» yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 5 martagacha oshirilishi kutilmoqda.

Ozarboyjon va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida AZAL’ning to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovi 2018 yil iyun oyida boshlangan. Avvaliga yo‘nalish haftasiga bitta reysni amalga oshirgan, o‘sha yil avgust oyidan boshlab esa ikkita reys amalga oshirilgan. 

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways mart oyidan boshlab Toshkentni Boku bilan bog‘lab kelmoqda. Hozirgi kunda uning samolyotlari haftasiga uch marta Ozarboyjonga uchyapti. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid