Jahon | 21:01 / 21.09.2022
14836
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden Rossiyani BMT nizomini buzishda aybladi

U shuningdek, Vashington BMT Xavfsizlik kengashi yangi a’zolar hisobiga kengayishi tarafdori ekanligini aytdi.

Foto: Brendan Mcdermid/Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning harakatlari «BMT nizomini buzish» ekanligini aytdi

«Rossiya ko‘plab askarlarni janglarda qatnashishga chaqirmoqda va Kreml Ukrainaning bir qismini egallashga urinish uchun soxta referendum tashkil etmoqda – bu BMT nizomining qo‘pol ravishda buzilishi»,— dedi Bayden BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasida qilgan chiqishida.

U shuningdek, Vashington BMT Xavfsizlik kengashi yangi a’zolar hisobiga kengayishi tarafdori ekanligini aytdi.

«BMT uchun zamonaviy dunyo ehtiyojlariga javob bera oladigan yanada inklyuziv tashkilotga aylanish vaqti keldi», — dedi Jo Bayden. 

Hozirda Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari hisoblanadi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid