O‘zbekiston | 14:49 / 22.09.2022
19677
1 daqiqa o‘qiladi

«Hozir gazni ham, paxtani ham eksport qilmayapmiz» – Shavkat Mirziyoyev

Toshkent viloyati faollari bilan navbatdan tashqari sessiyada uchrashgan prezident eksport borasidagi yutuqlar haqida gapirdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Men shaxsan prezident bo‘lib, paxta hozir necha foiz bajarilganini bilmayman. Chunki manfaat bo‘lsa, fermerlar, klasterlar o‘zi bajaraveradi. Oldin qanday edi, yilning 3-4 oyi egilib paxta terish bilan o‘tardi. O‘qituvchi ham, shifokor ham, ziyoli ham dalada bo‘lardi. 

Yaqinda yirik bir davlat rahbari paxtamizni eksport qilishni so‘radi. “Eksportga paxta yo‘q, to‘liq qayta ishlayapmiz” desam ishonmadi. Chunki oldin eksportimiz asosi paxta bilan gaz bo‘lardi. 

Hozir esa paxtani ham, gazni ham eksport qilmayapmiz. Hatto gazni chetdan sotib ham olyapmiz. Sababi, sanoatimiz rivojlanyapti. Ana shunday ikki asosiy mahsulot chetga sotilmasa ham eksportimiz hajmi 2016 yilga nisbatan 5-6 barobar oshdi”, – deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid