O‘zbekiston | 10:03 / 23.09.2022
2694
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan BAAga metallurgiya mahsulotlarini yetkazib berish boshlanadi

O‘zbekiston va BAA TIV rahbarlari Nyu-Yorkda muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat idoralari rahbarlari Vladimir Norov va Abdulla bin Zoid Ol Nahayon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar kun tartibidan ikki tomonlama hamkorlik dolzarb masalalari joy oldi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni ko‘rib chiqildi.

Xalqaro institutlar doirasida hamda «Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo» formatida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga e’tibor qaratildi. Vladimir Norov Birlashgan Arab Amirliklarini 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Shanhay hamkorlik tashkiloti muloqot bo‘yicha sherigi maqomini olgani bilan tabrikladi.

O‘zbekiston va BAA o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish, havo orqali yuk tashishni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro imtiyozlar berish masalalari muhokama qilindi. Mamlakatdan BAA bozoriga qishloq xo‘jaligi, metallurgiya, to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berishni tashkil etish, transport va konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid