Polsha o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarga ruxsatnomalar kvotasini oshirmoqchi
O‘zbekiston - Polsha qo‘shma komissiyasi videokonferensiya aloqasi vositasidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida xalqaro yo‘lovchi va yuk tashish bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha qo‘shma komissiyasi videokonferensiya vositasidagi navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Tomonlar joriy yil avgust oyida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Polshaga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosini hamda uning polshalik hamkorlar bilan transport va yuk tashuvchi transport vositalari uchun ruxsatnoma blankalari sonini ko‘paytirish sohasida hamkorlik holati va istiqbollari bo‘yicha muzokaralari natijalarini ko‘rib chiqdi.
GSP+ kuchga kirishi bilan O‘zbekistondan Yevropa ittifoqi mamlakatlariga, jumladan, Polshaga eksport yetkazib berish hajmi sezilarli darajada oshdi. 2022 yil oxirigacha O‘zbekistondan Polshaga eksport hajmi 2021 yilga nisbatan 40 million dollarga oshib, 130 million dollarni tashkil etgani ta’kidlandi. Avtorizatsiya blankalarini qo‘shimcha almashishga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada oshdi.
Tadbir yakunida 2022 yil oktabr oyi ikkinchi yarmi bo‘yicha 2022 yil uchun ruxsatnomalar yakuniy kvotasi va 2023 yil uchun ruxsatnomalar sonini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Transport vazirligi va Polsha Infratuzilma vazirligi rahbariyati uchrashuvini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2024
Polsha maktablarida o‘q otish bo‘yicha majburiy mashg‘ulotlar joriy etiladi
00:37 / 24.12.2024
Toshkent va Navoiyda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
12:41 / 21.12.2024
Polsha sobiq amaldoriga Vengriyada boshpana berilganidan norozi
22:34 / 18.12.2024