Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati shaharlariga elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Davlat rahbari bor imkoniyatlardan samarali foydalansa, viloyatda sanoatni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish mumkinligini qayd etdi.
Mutasaddilarga sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlashga 250 milliard so‘m ajratish, Angrenda kaolin xomashyosini chuqur qayta ishlab, farfor va keramika mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish, Bekobod tumanida chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirish, viloyatdagi 100 ta mahalliy korxonani eksportchiga aylantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Aytilgan muammo va takliflardan kelib chiqib, davlat rahbari 840 ta mahallada ichki yo‘llar, 579 tasida ichimlik va oqova suv, 589 tasida elektr va gaz ta’minoti, 396 tasida maktab, bog‘cha va poliklinika ta’mirlash bo‘yicha ikki haftada dastur qabul qilib, bu boradagi ishlarni jadal boshlash vazifasini qo‘ydi.
Jumladan, tashabbusli budjet doirasida eng ko‘p ovoz olgan loyihalar uchun 150 milliard so‘m ajratish, Osiyo taraqqiyot bankining Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv loyihasi 185 million dollarlik 3-bosqichini boshlash, ichki yo‘llarni ta’mirlashga davlat budjetidan 155 milliard so‘m, qo‘shimcha mahalliy budjetdan 70 milliard so‘m ajratish topshirildi.
Prezident Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish vaqti kelganini ta’kidlab, transport vaziriga tegishli qaror loyihasini kiritishga ko‘rsatma berdi.
Mavzuga oid
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
18:26 / 03.06.2026
Yil oxirigacha Buxoro-Urganch-Xiva yo‘nalishida zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi – transport vaziri
20:20 / 01.05.2026
O‘zbekiston Chexiyadan 10 ta elektropoyezd sotib oladi
18:50 / 30.04.2026