Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktyabrdan 7 ta sohada davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladi
2022 yil 1 oktyabrdan 7 ta ijtimoiy-iqtisodiy sohada bosqichma-bosqich majburiy tartibda sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali davlat kosmik monitoringini amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, ular quyidagilar:
- o‘rmon xo‘jaligi;
- qishloq xo‘jaligi;
- geologiya va kon-metallurgiya;
- suv xo‘jaligi;
- transport va yo‘l xo‘jaligi;
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
- favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.
2022 yil 1 oktyabrdan boshlab operator va provayderlarga telekommunikatsiya obektlarida texnik vositalarni o‘rnatish uchun loyiha-smeta hujjatlari ekspertizaga topshirilgan sanadan boshlab qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi, bunda loyiha-smeta hujjatlari 15 kunlik muddatda ekspertizadan o‘tkaziladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati mobil aloqa tarmoqlari radioelektron vositalaridan foydalanishni boshlash uchun yong‘in nazorati xizmati xulosasi hamda sanitariya pasporti Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ikki haftadan oshmagan muddatda rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.
Adliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yong‘in nazorati xizmati xulosasini va sanitariya pasportini rasmiylashtirish tartibini tanqidiy qayta ko‘rib chiqadi hamda uni soddalashtirish, mavjud tartib-taomillarni maqbullashtirish orqali muddatlarni qisqartirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mavzuga oid
08:03 / 15.05.2026
Infografika: dunyoda eng ko‘p sun’iy yo‘ldoshga kim egalik qiladi?
19:43 / 04.04.2026
May oyida "Samarqand 2028" sun’iy yo‘ldoshi uchirilishi kutilmoqda
07:43 / 13.03.2026
14 yil orbitada bo‘lgan NASA sun’iy yo‘ldoshi Yerga qaytmoqda
15:18 / 21.02.2026