Germaniyaning yana bir yirik brendi O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatdi
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov boshchiligidagi delegatsiya bosh-qarorgohi Shimoliy Saksoniyaning Braunshveyg shahrida joylashgan “New Yorker Group” kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi ishtirokida tashkil etilgan uchrashuv avvalida, germaniyalik hamkorlar tomonidan kompaniya to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Ta’kidlanganidek, “New Yorker Group” 1971 yil tashkil topgan. 3 mlrd yevro savdo aylanmasiga ega. Hozirda kompaniyaning dunyoning 47 mamlakatidagi 1150 dan ortiq savdo nuqtalari mavjud bo‘lib, unda 23 mingdan ziyod odam ishlaydi. MDH mamlakatlarida nemis brendini 150 ga yaqin savdo nuqtalari mavjud. Ushbu kompaniya Germaniyaning eng tez rivojlanayotgan kiyim-kechak brendlaridan hisoblanadi. Keng ko‘lamli ekspansiya siyosati natijasida, yiliga 100 ga yaqin yangi filiallar tashkil qilinmoqda.
“New Yorker” brendi ostida asosan 12-40 yoshdagi erkak va ayollar uchun deyarli barcha turdagi kiyim-kechak va aksessuarlar ishlab chiqariladi. Bevosita ishlab chiqarish, kompaniya buyurtmasi va dizayniga ko‘ra asosan Bangladesh, Xitoy va Turkiyada amalga oshiriladi.
Muzokaralar davomida, nemis brendi ishlab chiqarish zanjiriga mahalliy korxonalarimizni qo‘shish imkoniyatlari hamda kompaniya brend do‘konlarini O‘zbekistonda tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda ishtirok etgan mamlakatimiz korxonalari vakillari nemis kompaniyasi ekspertlariga o‘z mahsulotlarini taqdim qildilar va o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlarini namoyish etdilar.
Muzokaralar yakunida, “New Yorker” brendi bilan 2,3 mln yevrolik ilk shartnoma hamda 2023 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan 30 mln yevrolik buyurtma bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Ushbu va boshqa masalalarni muhokama qilish hamda mamlakatimizning to‘qimachilik sohasidagi salohiyati va mahalliy korxonalarimizning imkoniyatlari bilan joyida tanishish maqsadida, “New Yorker” delegatsiyasini joriy yilning oktabr-noyabr oylarida O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirishga kelishib olindi.
Savdo-sanoat palatasi Matbuot xizmati (T)
Mavzuga oid
20:47 / 11.06.2024
Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar reytingi natijalarini e’lon qildi
14:01 / 19.04.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i firibgarlik va pora berishda gumonlanmoqda
19:58 / 04.03.2024
Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
16:20 / 08.02.2024