Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston yo‘nalishida hamkorlikni kengaytiradi
Nyu-Yorkda Afg‘oniston yo‘nalishidagi o‘zbek-afg‘on hamkorligi muhokama qilindi.
Nyu-York shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning AQSh Davlat departamenti Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Vest hamda AQShning Afg‘on ayollari, qizlari va inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Rina Ameri bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish, uning iqtisodiyotini tiklash, ushbu mamlakatda murakkab ijtimoiy-gumanitar vaziyatni hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston-Amerika hamkorligini kengaytirish muhokama qilindi.
AQSh maxsus vakillari ta’kidlashicha, joriy yil iyul oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya mazkur davlatdagi vaziyatni yo‘lga solish borasida jahon hamjamiyati izchil yondashuvlarini ishlab chiqish uchun platforma yaratdi.
Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni jadallashtirish va tizimlashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Termiz shahrida tashkil etilgan Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkazib berish uchun ko‘p tarmoqli transport-logistika xabi imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi bildirildi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026