Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch hududda «prava» olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Urganch tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro S.I. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 700 AQSh dollari va 1,1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi Guliston shahar o‘quv sport texnika klubi o‘qituvchisi T.K. fuqarolar I.B. va Q.U.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro U.T. boshqa bir fuqaro Sh.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, evaziga 6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
21:32 / 02.06.2026
6 viloyatda Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
21:05 / 02.06.2026