Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Singapur «aqlli» shaharlar bo‘yicha loyihalarni o‘rganib chiqadi
Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Singapur tashqi ishlar vazirlari uchrashuv o‘tkazdi.
Nyu-York shahrida Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan muzokaralar olib bordi.
Tomonlar salohiyatini inobatga olgan holda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Singapur muloqotini jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali, ular tashkiliy va mazmunli jihatlari bo‘yicha fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish maqsadida "aqlli" shaharlar, "yashil" va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, IT-texnologiyalarni jalb qilish, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, turizm almashinuviga ko‘maklashish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalarini o‘rganish taklif etildi.
Gumanitar yo‘nalishda ta’lim, davlat xizmatchilari malakasini oshirish, kadrlarni birgalikda tayyorlash sohalarida tajriba almashinuvni yo‘lga qo‘yish hamda ikki mamlakat tahliliy markazlari bilan aloqalarni mustahkamlash uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Mavzuga oid
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
20:06 / 05.10.2025