Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xorijga 46 ming tonna olxo‘ri sotdi
Olxo‘ri eksporti 28,1 ming tonnaga oshgan.
Foto: Pinterest
O‘zbekiston 2022 yil yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati qariyb 22,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 46,7 ming tonna olxo‘ri eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, olxo‘ri eksporti o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda qariyb 28,1 ming tonnaga oshgan.
2022 yil 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olxo‘ri eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 28,2 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 16,4 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 1,9 ming tonna;
- Belarus – 102,2 tonna.
2022 yil 8 oyida xorijga eng ko‘p olxo‘ri eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 15,5 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati – 6,7 ming tonna;
- Samarqand viloyati – 5,5 ming tonna.
Mavzuga oid
12:39 / 23.05.2026
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
22:20 / 22.05.2026
Qozog‘istonda taniqli bloger ayol plastik operatsiyadan so‘ng vafot etdi
21:18 / 19.05.2026
To‘qayev Qozog‘istonni Oltin O‘rda vorisi deb e’lon qildi
17:59 / 16.05.2026