Özbekiston–Qozoğiston davlat çegarasida joylaşgan Qozoğistonning «Atameken» çegara bojxona postida quriliş işlari yakunlanişi munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo» çegara bojxona posti orqali yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati qayta tiklandi.
Endilikda mazkur yönaliş orqali çegaradan ötiş jarayonlari fuqarolar uçun yanada yengillaştirilib, qulay va tezkor harakatlaniş imkoniyati yaratildi.
Şu bilan birga, mas’ullar fuqarolardan çegara bojxona posti orqali harakatlanişda belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilişni söramoqda.











