Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyadagi referendumda pensiya islohoti ma’qullandi
Ayollarning pensiya yoshini oshirish uchun 50,6 foiz ovoz berildi. Shveytsariya fuqarolari QQS oshishini ham qo‘llab-quvvatladi.
Shveytsariya aholisi referendumda pensiya islohotini qo‘llab-quvvatladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 25 sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq ovoz berish jarayonida saylovchilarning yarmidan sal ko‘pi – 50,6 foizi ayollarning pensiya yoshini 64 yoshdan 65 yoshga ko‘tarishni yoqlab ovoz bergan. Shu tariqa, endi u erkaklar uchun mamlakatda belgilangan pensiya yoshiga to‘g‘ri keladi.
Pensiya yoshini oshirish Shveytsariyada olib borilayotgan islohotning eng bahsli qismi bo‘ldi. Saylovchilar, shuningdek, alohida ovoz berish yo‘li bilan pensiya jamg‘armalariga tushumlarni ko‘paytirish va shu orqali kamomadni qoplash maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘ini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildilar. Bu chora oxir-oqibat 55 foiz aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Islohot aholining qarishi sharoitida pensiya ta’minotini himoya qilishga qaratilgan. Uni amalga oshirish uchun ikkala qonun loyihasini ham qabul qilish kerak edi. Referendumda saylovchilarning 52 foizi ishtirok etdi.
AFP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi marta pensiya islohoti Shveytsariyada 25 yildan ko‘proq vaqt oldin amalga oshirilgan. 2004 va 2017 yillarda qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishga urinish bo‘lgan, biroq ovoz berish natijasida bu urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Eng muhim islohot chora-tadbirlari hukumat tomonidan o‘tgan yili taqdim etilgan edi. Uning tarafdorlari mamlakatdagi iqtisodiy va demografik vaziyatni hisobga olib, ayollardan uzoqroq ishlashni talab qilish maqsadga muvofiq, degan fikrni bildirdi. Shu bilan birga, so‘l partiyalar va kasaba uyushmalari taklif etilayotgan o‘zgarishlarni tanqid qilib, referendum o‘tkazishni talab etdi.
Muxoliflar o‘z pozitsiyalarini Shveytsariyada ayollar va erkaklar o‘rtasida ish haqida sezilarli darajada farq borligi, ya’ni ayollar erkaklarnikiga qaraganda ancha past pensiya olishi bilan izohladi. Tanqidchilarga ko‘ra, pensiya yoshini faqat ushbu muammo hal qilingandan keyingina oshirish kerak.
Yakshanba kuni hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari tomonidan ilgari surilgan sanoat chorvachiligini taqiqlash tashabbusi ham Shveytsariyada ovozga qo‘yildi. Referendum natijalariga ko‘ra, u rad etildi - fuqarolarning 63 foizi qarshi chiqdi.
Mavzuga oid
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
09:02 / 29.05.2026