O‘zbekiston | 11:53 / 26.09.2022
5291
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida vagonlar tonnelda to‘xtab qoldi

Toshkent metrosining «Chilonzor» yo‘nalishi «Buyuk Ipak yo‘li» bekatiga kirib kelishda 15-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik kuzatildi.

Metropoliten ma’muriyati xabariga ko‘ra, buning natijasida ushbu harakat tarkibi 7 daqiqa davomida tonnelda to‘xtab qolgan. 

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezd nozimi tomonidan «Chilonzor» yo‘nalishidagi poyezdlar harakati muvofiqlashtirilgan hamda harakat tarkiblari bekatlarda harakat jadvali buzilmasligi uchun belgilangan yo‘riqnomaga asosan vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, mashinist tomonidan bajarilgan texnik ishlar natijasida 15-sonli marshrut harakati davom etgan.

Hozirda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanayotgani aytiladi. 

Mavzuga oid