Jahon | 08:03 / 27.09.2022
4849
2 daqiqa o‘qiladi

Ijyevskdagi maktabda halok bo‘lganlar soni 17 nafarga yetdi

Udmurtiya markazi Ijyevsk shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma qurbonlari soni oshdi.

Foto: AP

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ijyevskda Pushkin maydonidagi 88-maktabda otishma oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 17 kishini tashkil etmoqda. Rossiya Tergov qo‘mitasiga ma’lumotlariga ko‘ra, 22 nafar bola va 2 nafar kattalar jarohat olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dars paytida maktabga qora kiyimdagi qurolli shaxs bostirib kirgan. Avvaliga u qo‘riqchini otgan, keyin sinfga borib, bolalarga qarata o‘q uzgan. Telegram-kanallar voqea joyidan yaradorlar qanday olib chiqib ketilayotgani ko‘rsatilgan videoni e’lon qildi.

Udmurtiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan.

RTQ ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirish, shuningdek, o‘qotar qurollarni noqonuniy sotib olish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tergovchilar fojia sabablarini aniqlamoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs ushbu ta’lim muassasasining 1988 yilda tug‘ilgan bitiruvchisi bo‘lgan. Idora boshlig‘i Aleksandr Bastrikin halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid