Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada harbiy komissar «qisman safarbarlik»dagi xatolari uchun ishdan bo‘shatildi
Magadan oblasti harbiy komissari Sergey Baranovskiy o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.
Oblast gubernatori Sergey Nosovning RIA «Novosti»ga aytishicha, bunga «qisman safarbarlik» vaqtida harbiy komissarlik yo‘l qo‘ygan «xatolar» sabab bo‘lgan. Bu - Rossiyada «qisman safarbarlik» e’lon qilingandan keyin birinchi shunday holat.
Davlat axborot agentligi xatolar aynan nimadan iborat bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.
«Kolima.ru» mintaqaviy portali, xususan, chaqiruv qog‘ozi harbiy xizmatga bormagan, jangovar tajriba va harbiy ixtisoslikka ega bo‘lmagan, shuningdek, sog‘lig‘i va yoshi bo‘yicha cheklovlarga ega bo‘lgan erkaklarga ham topshirilgani haqida yozgan.
Bundan oldin Rossiyaning Irkutsk oblasti Ust-Ilimsk shahrida harbiy komissariatga chaqirilganlardan biri o‘t ochgandi. Chaqiruv komissiyasi rahbari og‘ir yaralangan.
Rossiyada safarbarlik e’lon qilingach, harbiy komissariat binolariga o‘t qo‘yish holatlarining yangi to‘lqini boshlandi. 21 sentabrdan buyon kamida 11 ta shunday urinish qayd etilgan; bir qancha ma’muriy binolar hujumga uchragan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20 / 17.06.2026