Irkutsk oblastining Ust-Ilimsk şahrida harbiy komissariatda 25 yoşli erkak öqotar quroldan öq uzib, harbiy komissarni yaraladi. Hodisa videosi telegram-kanallarda tarqalgan: unda kiçik zal sahnasida turgan kişi kafedra burçagida turgan odamni öqqa tutgani, keyin u yiqilgani va yiğilganlar qoçişga tuşgani aks etgan 

Region rahbari Igor Kobzevning ma’lum qilişiça, rayon harbiy komissari Aleksandr Yeliseyev şifoxonaga olib borilgan, u ayni vaqtda oğir ahvolda jonlantiriş bölimida qolmoqda. Hodisadan köp ötmay harbiy komissar vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo bu ma’lumot tasdiğini topmadi. Mash ma’lumotiga köra, uning tanasidan oltita öq çiqarib olingan. Kobzev «xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga topşiriq bergani» va u «bunday holat odamlar birlaşişi zarur bölgan vaqtda röy berganidan uyatda ekani»ni aytgan.

Öt oçgan şaxs qölga olindi — bu mahalliy aholi vakili bölgan 25 yoşli yigit. U qölga olinganidan keyin Baza tomonidan tarqatilgan videoda u öz ismi-şarifini aytadi — Ruslan Zinin.

Baza manbasi yozişiça, u safarbar qilinganlar safida bölgan; aytişlariça, öt oçişdan oldin u şunday degan: «Hozir barçamiz uyga qaytamiz. Heç kim uruşga bormaydi». Buni RBK bilan gaplaşgan guvohlardan biri ham tasdiqlagan:

«Bugun soat taxminan 11:40 da harbiy komissariatga bordim, hujjatlarni topşirdim. Birinçi soatda harbiy komissar majlislar zaliga kirib, mamlakatdagi vaziyat haqida, davlatning topşiriğini bajarayotgani va şunga öxşaş narsalar haqida gapira boşladi. Keyin qurolli yigit otilib çiqdi va unga yaqinlaşib, «Hozir barçamiz uyga ketamiz» dedi va harbiy komissarga qarata öq uzdi. Men polga yotdim. Ikkinçi öq uzilganidan keyin men qoçdim. Hozir Tergov qömitasidaman», degan u.

Ruslan Zininning onasi Astra bilan suhbatda aytişiça, çaqiruv qoğozi unga emas, uning armiyada xizmat qilmagan eng yaqin döstiga kelgan, şu tufayli u «juda ğazablangan». Naşrning yozişiça, tongda Ruslan buvisiga köngilli sifatida harbiy komissariatga ketayotganini aytgan.

Tergov qömitasi harbiy xizmatçining hayotiga tajovuz qiliş (RF JKning 317-moddasi) va noqonuniy qurol olib yuriş (RF JKning 222-moddasi) böyiça jinoiy iş qözğagan.