Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu Dabidan Toshkent va Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
BAAdan aviaqatnovlarni ko‘paytirish ustida tizimli ishlar olib borilmoqda, deb yozadi “Dunyo”.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning BAAdagi diplomatiya vakolatxonalari davlat rahbari raisligida 19 sentabr kuni “Mamlakat ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari” bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
O‘zbekiston elchixonasi Samarqandga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha hamkor tashkilotlar, BAA va xorijiy turkompaniyalar bilan aloqalarni yanada chuqurlashtirmoqda.
Arab davlatlaridagi ziyorat turizmiga nisbatan munosabatni inobatga olib, dastlabki bosqichda BAAning Sharja amirligi bilan O‘zbekiston tarixiy shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinmoqda.
BAAdan aviaqatnovlarni ko‘paytirish ustida tizimli ishlar olib borilmoqda. 2022 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra, haftasiga 16 ta qatnov amalga oshirilyapti. Yil oxirigacha mazkur ko‘rsatkichni ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan - ilk bor Abu Dabi shahridan Toshkent va Samarqand shaharlariga, Dubay shahridan Samarqand, Namangan va Farg‘ona shaharlariga qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
07:00 / 24.05.2026
Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha avia va avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
23:09 / 21.05.2026