Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yil 30 oktyabrdan boshlab Uzbekistan Airways Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Farg‘ona vodiysi aholisiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida parvozlar haftasiga ikki marotaba – yakshanba va seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Bunda, Farg‘onadan jo‘nab ketish soat - 08:40 da, Dubayga yetib borish soat - 11:35 da, Dubaydan jo‘nab ketish soat - 13:05 da, Farg‘onaga yetib borish soat - 17:40 da.
Farg‘ona – Dubay yo‘nalishidagi chiptalar narxi 2 217 926 so‘mdan, Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 3 641 757 so‘mdan boshlanadi.