Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda shifokorlar bemorning oshqozonidan 63 dona qoshiq chiqarib olishdi
Bemorning qarindoshlari u giyohvandlikdan davolanish uchun shifoxonada yotgan vaqtida qoshiq yutgan deb taxmin qilishmoqda.
Foto: SWNS
Hindistonda shifokorlar bemorning oshqozonidan 63 dona qoshiq chiqarib olishdi, deb yozadi Mirror.
Xabarda aytilishicha, Muzaffarnagar shahrida yashovchi 32 yoshli erkak qornida kuchli og‘riq bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uni tekshirib, qorin bo‘shlig‘ida 63 dona qoshiq borligini aniqlashgan.
Erkak zudlik bilan operatsiya qilingan. Operatsiya ikki soat davom etgan.
«Qariyb 35 yillik faoliyatim davomida bunday voqeaga duch kelmagandim», - dedi operatsiyani o‘tkazgan jarroh Rakesh Xuran.
Bemorning qarindoshlari u giyohvandlikdan davolanish uchun shifoxonada yotgan vaqtida qoshiq yutgan deb taxmin qilishmoqda. Shifokorlar uning ruhan nosog‘lom ekanligi to‘g‘risida xulosa berishdi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026