OTB Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini boshqarish uchun qarz ajratadi
Prezidentning “Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 2022 yil 24 iyunda imzolangan bitimga muvofiq 25 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 150 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi nazarda tutilgan.
Loyiha umumiy qiymati 194,9 mln AQSh dollarini tashkil etadi, shu jumladan O‘zbekiston hissasi 40,2 mln AQSh dollari ekvivalentida, shundan 26,6 mln AQSh dollari respublika budjeti hisobidan QQSni qoplab berish va bojxona bojidan ozod etish shaklida bo‘ladi.
Osiyo taraqqiyot jamg‘armasidan 3 mln AQSh dollari, Osiyo taraqqiyot banki Yuqori texnologiyalar jamg‘armasidan 0,3 mln AQSh dollari ajratiladi, fermer xo‘jaliklari ulushi esa 1,38 mln AQSh dollarini tashkil qiladi.
Loyihani amalga oshirish davrida (7 yil –2022-2029 yillar) "vaqtincha olib kirish" bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan maxsus texnikalar, mexanizmlar va texnologik uskunalar bojxona bojlari va soliq to‘lovlaridan shartli ozod etiladi.
Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida amalga oshiriladi. Suv xo‘jaligi vazirligi - loyihani amalga oshirish, qarz va grant mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanish, barcha maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish funksiyalari Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga yuklanadi. Osiyo taraqqiyot banki qarzini so‘ndirish, foiz, qarz bo‘yicha komissiya va boshqa to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: "Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish" loyihasi asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, "Jondor" va “Bobotog‘” subloyihasi bo‘yicha; "Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish" loyihasi uchun Osiyo taraqqiyot bankidan jalb etiladigan qarz bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish va foizlar to‘lash prognoz jadvali.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
Jamiyat | 19:35
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
Mavzuga oid

08:52 / 12.05.2025
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi

14:43 / 20.12.2024
OTB O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni yaxshilashga ko‘maklashadi

15:43 / 20.11.2024
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi

21:15 / 08.10.2024