Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Maltani «oltin pasport» dasturi sababli sudga beradi
YeK bayonotida qayd etilishicha, avvaldan kelishilgan to‘lov yoki investitsiya evaziga YeI fuqaroligini berish haqiqiy hamkorlik tamoyillariga mos kelmaydi.
Yevrokomissiya (YeK) Maltani «oltin pasport» dasturi sababli Yevroittifoq sudiga beradi, deb yozadi Bloomberg.
YeK bayonotida qayd etilishicha, avvaldan kelishilgan to‘lov yoki investitsiya evaziga YeI fuqaroligini berish haqiqiy hamkorlik tamoyillariga mos kelmaydi.
Malta ichki ishlar vazirligi bunga javoban davlat YeK bilan «konstruktiv va vijdonan» hamkorlik qilayotgani hamda «komissiyaning bunday tarzdagi talqinini qat’iyan rad etishi»ni bildirdi.
Ta’kidlanishicha, «oltin pasport» dasturi «pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xatarlarning oldini oluvchi kerakli tekshiruv jarayonlariga asoslangan va faqatgina munosib shaxslar Malta hamda Yevropa fuqaroligini olishini kafolatlaydi.
Malta mart oyida Rossiya va Belarus fuqarolariga «oltin pasport» berishni to‘xtatgandi.
«Bu ijobiy qadam bo‘lsa-da, Malta ushbu sxemadan boshqa fuqarolar uchun foydalanmoqda va uni to‘xtatish niyatini ma’lum qilmadi», — deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.
Yevroittifoq mamlakatlari, AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada 27 fevralda «oltin pasport» dasturini cheklashga kelishib olgandi.
«Yandeks» asoschisi Arkadiy Voloj, Evraz minoritariysi Gennadiy Kozovoy va «Yulmart» onlayn-reteyleri egasi Avgust Meyyer Malta fuqaroligiga ega.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:09 / 16.05.2026
Dunyodagi ilk davlat barcha fuqarolarga ChatGPT Plus’dan bepul foydalanish imkonini beradi
12:39 / 30.07.2025
Fransiya va Britaniya ortidan Malta ham Falastinni tan oladi
23:20 / 25.05.2025