Jahon | 10:13 / 01.10.2022
7158
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden Ukrainaga 12,4 mlrd dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

Qo‘shma Shtatlarda 2022 yil 16 dekabrgacha Amerika hukumati tomonidan moliyalashtirishni davom ettirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi yakuniy tarzda ma’qullandi.

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 12,4 milliard dollarga yaqin favqulodda yordam paketini o‘z ichiga olgan hukumat tomonidan moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi.

«Prezident federal hukumat loyihalari va faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash uchun 2023-moliya yili uchun ajratmalarni nazarda tutuvchi va Ukrainadagi vaziyatga javob berish uchun qo‘shimcha mablag‘larni o‘z ichiga olgan qonun loyihasini imzoladi», — deyiladi Oq uyning 30 sentabr, juma kungi bayonotida. Avvalroq hujjat AQSh Vakillar palatasi va Senati tomonidan qabul qilingan edi.

Qo‘shma Shtatlar hukumati tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam o‘z hududlarini qaytarib olish uchun kurashni davom ettirayotgan Ukraina xavfsizligini ta’minlash, xususan, Kiyevdagi hukumatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va harbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Mablag‘larning bir qismi AQSh harbiy xizmatchilarining Yevropadagi faoliyatiga yo‘naltiriladi.

Qonun 2022 yil 16 dekabrgacha AQSh hukumati va uning faoliyatini hozirgi darajada moliyalashtirishni davom ettirish imkonini beradi. Uzoq muddatli moliyalashtirish choralari bo‘yicha muzokaralar noyabr oyidagi AQSh Kongressi Vakillar palatasiga saylovlargacha qoldirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid