O‘zbekiston | 12:43 / 01.10.2022
2472
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 3,4 million tonnadan ortiq ko‘mir qazib olindi

Joriy yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 3,4 million tonnadan ortiq ko‘mir qazib olindi.

Foto: Dunyo

Shu yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistondagi yirik korxonalar tomonidan 3 million 419,5 ming tonna ko‘mir qazib olindi.

O‘tgan yil shu davriga nisbatan ko‘mir qazib olish ko‘rsatkichi 107,4 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, joriy yil yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan ko‘mir qazib olish eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent viloyati (95,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi - ishlab chiqarish hajmi 3251,7 ming tonnani tashkil etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid