O‘zbekiston | 12:44 / 01.10.2022
9505
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy yetakchisiga tabrik yo‘lladi

Prezident Xitoy tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan Si Jinpingga tabrik yo‘lladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR raisi Si Jinpingga tabrik yo‘llab, unga va do‘st Xitoy xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar qilishicha, maktubda dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda tobora mustahkamlanib borayotgani ta’kidlangan.

Yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirilgan davlat tashrifi va Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan sermahsul uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yangi darajasiga ko‘targani qayd etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid