Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya tomonining taklifiga binoan 3-4 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Bu ikki mamlakat yetakchilarining o‘tgan yil mart oyida Toshkent shahrida o‘tgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston rahbarining javob tashrifi hisoblanadi.
Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, tashrif doirasida Budapesht shahrida Vengriya prezidenti Katalina Novak va bosh vaziri Viktor Orban bilan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston-Vengriya sammitining kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
O‘zaro savdoni ko‘paytirish, farmatsevtika, agrosanoat majmui, mashinasozlik, suvni tejash va boshqa yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunida qo‘shma bayonot va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, davlat rahbari Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026