Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston eksportchilariga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
“Tadbirkorlik sub’yektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2022 yil 1 noyabrdan:
- bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxi 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qo‘llanilmaydi;
- eksport tashkilotlariga foyda va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasini kamaytirish shaklidagi imtiyozlar tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmi ulushidan qat’i nazar qo‘llaniladi;
- qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug‘lari eksportiga ruxsat beriladi.
Eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi.
Dasturga kiritilgan eksportchi korxonalarga Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oxirgi 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib quyidagi moliyaviy yordamlar ko‘rsatiladi:
- eksport hajmi 1 million dollardan 5 million dollargacha bo‘lganda – 1 million dollargacha;
- eksport hajmi 5 million dollardan 10 million dollargacha bo‘lganda – 2 million dollargacha;
- eksport hajmi 10 million dollardan 15 million dollargacha bo‘lganda – 3 million dollargacha;
- eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha bo‘lganda – 4 million dollargacha;
- eksport hajmi 20 million dollardan ortiq bo‘lganda – 5 million dollargacha;
- bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olishi uchun ularga 30 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Mavzuga oid
09:30 / 22.06.2026
O‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026