O‘zbekiston | 09:21 / 04.10.2022
9950
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi

MDH ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedevga ko‘ra, hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik juda yuksak darajada.

Foto: Dunyo

Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH oliy organlari - Tashqi ishlar vazirlari kengashi va hamdo‘stlik Davlat rahbarlari kengashi majlislariga tayyorgarlik ko‘rish davom etmoqda. Bu haqda ijroiya qo‘mita raisi - MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedev bayonot berdi.

Hamdo‘stlik Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi 14 oktabr kuni Qozog‘iston poytaxtida yuzma-yuz formatda bo‘lib o‘tadi. Hamdo‘stlik Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishini 12 oktabr kuni Ostonada o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

"Biz MDH oliy organlari bo‘lajak majlislariga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ular Ostonada uch kun davom etishi taxmin qilinmoqda – 12, 13, 14 oktabr kunlari. 13 oktabr kuni Ostona shahrida hamdo‘stlik doirasidagi tadbirlar bilan bir qatorda, Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha anjuman ham o‘tkaziladi”, dedi Sergey Lebedev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ish jadvali juda tig‘iz bo‘lgani bois, hozir 12 oktabr kuni MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishini o‘tkazish ko‘rib chiqilmoqda.

"Sheriklarimiz bilan aloqadamiz, ko‘pchilik bu sanani qo‘llab-quvvatlamoqda. 13 oktabr kuni SVMDA sammiti, 14 oktyabrda esa MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi", dedi MDH ijroiya qo‘mitasi raisi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid