Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Red Wings Toshkentdan Stavropol va Ufaga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
4 noyabrdan Red Wings aviakompaniyasi Toshkentdan Stavropol va Ufaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, parvozlar muntazam ravishda 100 o‘ringa mo‘ljallangan SSJ100 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Toshkent — Stavropol va Toshkent — Ufa yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar haftada bir marta, juma kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar flyredwings.com rasmiy veb-saytida yoki aviakompaniyaning mobil ilovasi orqali sotuvga qo‘yilgan.
Red Wings — Rossiyaning eng yirik o‘nta aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, doimiy va charter reyslarda yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan.
Bugungi kunda aviatashuvchi O‘zbekiston poytaxtidan Moskva, Yekaterinburg va Maxachqal’aga parvozlarni amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026