Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Polshadan tovon puli to‘lash to‘g‘risida nota oldi
Germaniya hukumati hujjat o‘rganilishi, shundan so‘ng javob tayyorlanishini ma’lum qildi. Bir kun avval Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Polshaning tovon puli talabini rad etdi.
Germaniya hukumati Polsha Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar istilosi natijasida mamlakatga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida yuborilgan notani olganini ma’lum qildi, deb xabar beradi KNA agentligi chorshanba, 5 oktyabr kuni. Germaniya hukumati vakiliga ko‘ra, nota o‘rganiladi, shundan so‘ng javob tayyorlanadi.
3 oktyabr kuni imzolangan hujjat mazmuni haqida avvalroq Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, notada Varshavaning tomonlar tovon to‘lash masalasini barqaror hal etish uchun choralar ko‘rishi kerakligiga ishonch bildirilgan. Polsha tomonlar okkupatsiya munosabati bilan moddiy va nomoddiy zarar uchun tovon to‘lash masalasini hal qilishini ta’kidlamoqda.
«Bunday kelishuv Polsha-Germaniya munosabatlari adolat va haqiqatga asoslanishiga imkon beradi, o‘tmishdagi og‘riqli sahifalarning yopilishiga olib keladi va ikki tomonlama munosabatlarning yaxshi qo‘shnichilik ruhida yanada rivojlanishini ta’minlaydi», — dedi Polsha TIV rahbari.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Varshavaning tovon puli talabini rad etdi. 4 oktyabr, seshanba kuni Polsha Tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan uchrashuvdan so‘ng u Germaniya hukumati nuqtayi nazaridan Polshaga tovon to‘lash masalasi yopilganini aytdi. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, «abadiy vazifa» Germaniya polshaliklarga keltirgan azob-uqubatlarni eslab qolishdir. «Germaniya, shubhasiz, tarixiy mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi», dedi Berbok.
Zbignev Rau Germaniyaga yuborilgan nota haqidagi bayonotida tovon pulining aniq miqdorini aytmagan. Shu bilan birga, sentabr oyi boshida Polshaning hukmron «Qonun va adolat» (PiS) partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy tovon miqdorini 1,3 trillion yevroga baholagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu miqdor konservativ tarzda hisoblangan va bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili bunga javoban Germaniya Polsha tomonining Ikkinchi jahon urushi natijasida yetkazilgan zararni qoplash talabiga hech qanday asos ko‘rmayotganini aytdi. U Berlin qayta-qayta murojaat qilgan argumentni takrorladi: Polsha 1953 yildayoq keyingi tovon to‘lashdan bosh tortgan va buni bir necha bor tasdiqlagan.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026