Jahon | 14:53 / 06.10.2022
20677
6 daqiqa o‘qiladi

Limandagi vayronalar va mudofaaga tayyorlanayotgan Baxmut. Urush suratlari

Ukraina butun front bo‘ylab hujum qilmoqda. Rossiya tashabbusni saqlab qolayotgan kam sonli yo‘nalishlardan biri - Baxmut. Shahar mudofaaga qanday tayyorlanayotgani suratlarda.

Ukrainada urushning 224-kunidagi asosiy voqealar:

  • Vladimir Putin Zaporijjya AESni Rossiya mulkiga o‘tkazish haqidagi farmonni imzoladi. Ukrainaning «Energoatom» kompaniyasi AES «Ukrainada ishlashda davom etayotgani»ni ma’lum qildi. BBC aniqlashicha, rossiyalik harbiylar xodimlarni Rossiya operatori bilan ishlashga ko‘ndirish uchun bosim qilmoqda.
  • Zaporijjya AESning ukrainalik xodimlari stansiyaning olti reaktoridan birini qayta tushirishga tayyorlanmoqda. Hozirda ularning barchasi ishlashdan to‘xtatilgan.
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat qurolli kuchlari Xerson oblastining Rossiya tomonidan annexia qilingan hududlarida yana bir qator aholi yashash manzillari ozod etilganini ma’lum qildi. Regionning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati esa hududdagi rus qo‘shinlari «javob zarbasi berish uchun» qayta guruhlanayotganini ma’lum qilgan.
  • Kiyev oblastidagi Bila Tserkva shahriga tunda Eronning 12 dona Shahed-136 kamikadze dronlari bilan hujum uyushtirilgan. Ulardan oltitasi nishonga borib tekkan. Shu kuni kechqurun telegram-kanallarda Odessa shahriga ham shu kabi dronlar bilan hujum qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
  • Xarkiv oblastida shu kunlarda Ukraina armiyasi nazoratiga qaytarilgan Peski-Radkovskiye posyolkasida ukrain tergovchilari rossiyalik harbiylar mahalliy aholini qiynoqqa solishda foydalangan kameralarni aniqlashdi.
  • «Agora» huquq tashkiloti  rahbari Pavel Chikov Rossiyada safarbarlikdan bo‘yin tovlash holati bo‘yicha ilk jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi.

Quyida 5 oktyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ozod etilgan Limandagi hayot

75 yoshli Galina Zeykova Limandan g‘arbdagi Drobishovo qishlog‘ida vayron bo‘lgan binoga qaramoqda. Donetsk oblastidagi ushbu shahar va uning atrofidagi qishloqlar ozod etilgani 2 oktyabr kuni ma’lum bo‘ldi. Rossiya qo‘shini Limanni 2022 yil iyun oyi boshida egallagandi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Limanda oziq-ovqat va dori-darmon uchun navbat
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan maktabning ichki ko‘rinishi
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vayron bo‘lgan maktabdagi ukrain harbiysi
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Ukrain ko‘ngillilari rossiyaliklarning yakson bo‘lgan harbiy texnikasi yonidan o‘tmoqda. 5 oktyabr kuni The Wall Street Journal gazetasi chiqargan hisobotga ko‘ra, RF armiyasi Ukraina qurolli kuchlari uchun G‘arb mamlakatlari urush boshidan buyon Ukrainaga yetkazib bergan og‘ir qurollardan ko‘proq og‘ir qurollar qoldirgan.
George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA
Ukrain politsiyasi ofitseri RF armiyasining yakson etilgan harbiy mashinalari yonidan o‘tmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Shahar yaqinidagi o‘rmonda yotgan rossiyalik askar jasadi
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Bila Tserkvaga qilingan hujum oqibatlari

Kiyev oblastining Bila Tserkva shahrida yashovchi kishi rossiyaliklarning kamikadze dronlari kelib urilgan bino oldida. Ukraina hukumatiga ko‘ra, rossiyaliklar Eronning Sahed-136 apparatlaridan foydalanmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Bila Tserkva shahridagi vayron bo‘lgan binoni devordagi o‘yiq orqali kuzatayotgan kishi. Rossiya harbiylari 5 oktyabrga o‘tar kechasi shaharga dronlar bilan hujum qilgan. Bir kishi yaralangan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrain qo‘shinlari Baxmutni mudofaaga tayyorlamoqda

Shahar markazida Baxmutovka daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik ko‘rinishi. Rossiya qo‘shini anchadan buyon Baxmutni egallashga harakat qilmoqda, bu ayni vaqtda RF armiyasi ilgarilayotgan yagona yo‘nalish. Shuningdek, Baxmutdan janubda, Kodema qishlog‘i hududida «Vagner» jangchilari harakatlanmoqda.
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Shahar markazida tanklarga qarshi to‘siqlar
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Markaziy ko‘chalardan biri
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Shahar yaqinidagi pozitsiyada turgan ukrain harbiylari
Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining janubiy frontdagi pozitsiyasi

 

Mikolayiv oblastidagi front chizig‘ida o‘z og‘ir pulemyotini tekshirib ko‘rayotgan 35 yoshli ukrain askari. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, RF armiyasi bu hududni muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda. 4 oktyabr kuni Bereznegovatoye posyolkasiga zarba berilgan, jabrlanuvchilar yo‘q.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

 

Front chizig‘idagi o‘z pozitsiyasini niqoblayotgan ukrain askari
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar pozitsiyada navbatchilik qilmoqda
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Shimoliy Don kechuvi 

Yuriy Shapovalov (o‘rtada) o‘z qayig‘iga oziq-ovqat mahsulotlari yuklamoqda. U har kuni Xarkiv oblastining Stariy Saltov posyolkasi aholisiga Shimoliy Donni kechib o‘tishda yordam beradi. Daryo ustidan o‘tgan ko‘prik janglar vaqtida vayron bo‘lgan.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Yuriy Shapovalov yarador ukrain harbiysini daryo orqali Stariy Saltovga olib o‘tmoqda. Xarkiv shahridan 45 kilometr sharqdagi bu posyolka may oyi boshidayoq ozod etilgandi.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Stariy Saltovda yashovchi kishi daryoni qayiqda kechib o‘tish uchun o‘z navbatini kutmoqda.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid