Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Zaporijjyaga raketalar, Xarkivga dronlar hujum qildi. Urush suratlari
Rossiya qo‘shinlari 6 oktyabr kuni Zaporijjya bo‘ylab bir necha raketa zarbalari yo‘lladi: 11 kishi halok bo‘lgan, 40 ga yaqin uy shikastlangan. Bu vaqtda Ukraina qurolli kuchlari oktyabr oyi boshidan buyon Xerson oblastida 400 kvadrat kilometrdan ortiq hudud ozod etilgani haqida ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlar va telegram-kanallarda 13 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi qurollar bilan Xersondan Qrimga qochib ketgani haqida xabar tarqaldi, ammo keyinroq Ukraina hukumati bu ma’lumotni rad etdi. Volodimir Zelenskiy Avstraliyaning Loui institutida videoaloqa orqali chiqish qildi. Rossiya nashrlari (Kreml ham) uning so‘zlarini NATOni Rossiya bo‘ylab oldindan zarba berishga chaqirish sifatida talqin qildi, biroq Ukraina prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy bosqin boshlanishidan oldin ogohlantirish choralarini ko‘rish kerakligini nazarda tutgan.
Quyida 6 oktyabr, urushning 225-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Zaporijjyadagi uylarga zarba
Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar Zaporijjyadagi turar joy binosiga zarba oqibatida chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda. Shahar 6 oktyabr kuni raketalar bilan o‘qqa tutilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan. Yana 21 kishi vayron bo‘lgan uylar ostidan chiqarib olingan.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETAUylardan birining xarobalari ostidan odamlarni qutqarayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETAZarba berilgan joyda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETAKo‘ngillilar hujumdan keyin omon qolganlarni qidirmoqda
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETAHavo trevogasidan keyin pana joyga o‘tgan juftlik
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xarkivdagi neft bazaga kamikadze dronlari hujumi oqibatlari
Rossiyaning kamikadze dronlaridan biri kelib tushgan Xarkiv neft bazasidagi bak. Xarkiv meri Igor Terexov 6 oktyabr kuni shahar o‘qqa tutilgani haqida ma’lum qildi. Jabrlanganlar yo‘q.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETAPolitsiyachi neft baza hududiga kelib urilgan uchuvchisiz uchish apparati qoldiqlarini ko‘zdan kechirmoqda. Ukraina hukumati Rossiya Eronda ishlab chiqarilgan Shahed-136 kamikadze dronlaridan foydalanayotganini ma’lum qilgan.
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETAKamikadze dron parchasi. Ukraina qurolli kuchlari ilk bor sentabr oyi o‘rtalarida Eron droni urib tushirilgani haqida xabar bergan. Rossiya Erondan bunday qurollar sotib olganini tan olmagan, ammo Ukraina harbiylari ular topgan dronlar, garchi ularning usti bo‘yalgan bo‘lsa-da, Eronning Shahed dronlari bilan bir xil ekanini aytmoqda.
Sofia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Liman atrofidagi sapyorlar
Ukraina milliy politsiyasining favqulodda minalardan tozalash guruhi xodimi Liman yaqinidagi yo‘l bo‘ylab mina qidirmoqda. Yoz boshida Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan shahar 2 oktyabr kuni ozod etildi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Sapyor Liman atrofida topilgan tankka qarshi mina va portlovchi moddalarni portlatishga tayyorlamoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETALiman yaqinidagi o‘rmonda sapyorlar tomonidan topilgan tankka qarshi minalar portlatilishi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv oblastidagi qarshi hujumi
Aleksandrovka qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonga kelib tushgan Rossiya raketasi. Ukrainalik harbiylar ushbu aholi yashash manziliga oktyabr oyi boshida kirishdi. Rossiya qo‘shini Xarkiv oblasti hududini deyarli butunlay tark etganini 4 oktyabr kuni RF mudofaa vazirligi tan oldi
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA10 sentabr kuni ozod etilgan Kupyansk shahri hududidagi ukrain harbiylari rossiyaliklardan o‘lja qilib olingan 152,4-millimetr kalibrli «Msta-B» gaubitsasidan o‘t ochmoqda. RF mudofaa vazirligi Kupyansk yo‘nalishidagi Pershotravnevoye, Kislovka va Berestovoye qishloqlari hududlarida ukrainlarning hujumlari qaytarilganini ma’lum qilgan.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETAIzyumdan sharqda joylashgan Oskol shaharchasida turgan ukrain harbiysi. Uning atrofidagi shahar va boshqa aholi yashash manzillari 11 sentabr kuni ozod etilgan.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA