Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh elchixonasi amerikaliklarni Ukrainani tark etishga chaqirdi
AQShning Kiyevdagi elchixonasi bugungi yirik raketa hujumidan so‘ng Amerika fuqarolarini Ukraina hududini «xavfsiz bo‘lganda» tark etishga chaqirdi.
Foto: AP
«Rossiyaning Ukrainaga qarshi qaratilgan zarbalarni berishda davom etishi tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid soladi», — deyiladi AQSh tashqi siyosat idorasi bayonotida.
Rossiya 10 oktyabr, dushanba kuni ertalab Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlariga kuchli raketa zarbalari berdi. Kiyev meri Vitaliy Klichkoga ko‘ra, poytaxt markazidagi Shevchenko tumani hujumga uchragan. Raketalardan biri Mixail Grushevskiy yodgorligi yoniga qulagan, natijada uning yonidan o‘tayotgan avtomobillar yonib ketgan.
Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, 24 kishi yaralangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rgan.
Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar UXX ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi ofislaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosining qizil chiziq yo‘nalishida poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlayapti.
Oxirgi marta Kiyev iyun oyi oxirida raketa zarbalariga uchragan edi. O‘shanda rus harbiylari shaharga 14 ta raketa otdi. Ulardan biri Shevchenko tumanidagi ko‘p qavatli uyga borib urilgan. Oqibatda bir kishi halok bo‘lib, olti kishi jarohat olgandi.
Mavzuga oid
22:28
AQShda Trampning oltin telefonlarini yetkazib berish boshlanadi
21:32
Xitoy sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun AQSh davlat kotibining ismini «o‘zgartirdi»
12:57
Tramp amerikaliklarning iqtisodiy qiyinchiliklari uni Eron bilan kelishuvga undamasligini aytdi
10:52