10:48 / 10.10.2022
5473

BMT bosh kotibi Haitiga qurolli missiya yuborishni taklif qildi

Antonio Guterrish BMTga a’zo bir yoki bir nechta davlatni vabo avj olgan paytda mahalliy to‘dalarga qarshi kurashda politsiyani qo‘llab-quvvatlash uchun Haitiga guruh yuborishga chaqirdi.

Foto: AP

Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo bir yoki bir nechta davlat «tezkor harakat kuchlari» maxsus guruhini to‘plashi va uni Haiti politsiyasiga qurollangan mahalliy to‘dalar tomonidan tahdidni bartaraf etishda yordam berish uchun yuborishi mumkin. Tegishli taklifni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT Xavfsizlik kengashiga yubordi, deb yozadi 9 oktyabr, yakshanba kuni Reuters.

OAV xabarlariga ko‘ra, Guterrish maxsus guruh BMTning o‘zida emas, balki har qanday davlat tomonidan alohida yig‘ilishini taklif qilmoqda va kengash bu qarorni faqat qo‘llab-quvvatlashi kerak. Haiti politsiyasiga yordam berish uchun kuchlarni yuborish BMT turli hududlarda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab qolish yoki insonparvarlik choralarini amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek, mahalliy kuchlarni xalqaro tashkilotlar bilan muvofiqlashtirishga qodirligini ko‘rsatadi.

Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibining fikricha, «tezkor harakat kuchlari» Haiti poytaxti Port-o-Prensdagi transport tarmoqlaridan chekka hududlar va tibbiyot muassasalariga yonilg‘i, ichimlik suvi, oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazib berishda xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi, missiyaning o‘zi esa mamlakatdagi vaziyat yaxshilanishi bilan bosqichma-bosqich tugatiladi. Ilgari Haitida tinchlikparvar kuchlar, keyin esa BMT politsiyasi bo‘lgan, biroq tashkilot bu bo‘linmalarni 2019 yilda Markaziy Amerika respublikasidan olib chiqib ketgan.

Oktabr oyi boshida Haiti hukumati mahalliy qurolli to‘dalarning koalitsiyaga birlashgani va respublika asosiy porti  blokadasini uyushtirgani sababli yuzaga kelgan keskin vaziyatni hal qilish uchun boshqa davlatlarga murojaat qilishi hamda xorijiy maxsus kuchlardan yordam so‘rashini e’lon qildi. Mahalliy qurolli to‘dalar ijtimoiy xizmat mashinalariga zarar yetkazishdi va mamlakatdagi korxonalar va kasalxonalarni yopishga majbur qilishdi.

Shu bilan birga, respublikada vabo epidemiyasi kuzatilmoqda, shuning uchun portning blokadasi gumanitar falokat bilan tahdid solmoqda - u sababli kasallik tarqalishini nazorat qilishga yordam beradigan toza suv tanqisligi mavjud. Bundan tashqari, 2021 yilda Haiti mamlakat tarixidagi eng kuchli zilzilalardan biri tufayli jiddiy zarar ko‘rdi.

2021 yil iyul oyida bir guruh yollanma askarlar mamlakat prezidenti Jovenel Moiz qarorgohiga hujum qilishdi - siyosatchining o‘zi o‘ldirildi. Hujumchilar uning rafiqasi Martinni ham o‘ldirmoqchi bo‘lishgan, biroq u omon qolgan. Keyingi bir necha kun ichida huquq-tartibot idoralari xodimlari hujumga aloqadorlikda gumon qilingan 20 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.

Qo‘shni Dominikan Respublikasi rasmiylari guruhni Haiti narkobaronlari bilan aloqasi bo‘lgan to‘rt nafar kolumbiyalik va uch venesuelalikdan iborat deb hisoblagan. Keyinroq Haiti politsiyasi jinoyat tashkilotchilaridan biri qo‘lga olinganini e’lon qildi - u asli haitilik shifokor bo‘lib, AQShning Florida shtatida yashagan. Keyinchalik Yamaykada qotillikning yana bir qancha buyurtmachilari hibsga olindi.

Mavzuga oid
Top